Kitob haqida



Adliya organlarida davlat tilida ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha amaliy qo‘llanma

Nashrga tayyorlovchi: Sh. Soatova. Muharrir: A. Jumamurodov. Sahifalovchi: X. Xoliyorov

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodning ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi bir necha yillarda davlat tili sohasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Adliya organlari va muassasalari davlat huquqiy siyosatini amalga oshiruvchi sifatida qonunlarga itoatkorlikda barcha tuzilmalarga o‘rnak bo‘lishi talab qilinadi. Shu ma’noda adliya tizimida ish yuritish to‘liq davlat tilida amalga oshirilmoqda.
2020-yil 26-fevralda chiqarilgan Adliya vazirining 1-8/3-221/8-son Ko‘rsatmasida adliya organlari va muassasalarida ish yuritish, ichki hujjat almashinuvi va ishga oid yozishmalar to‘liq davlat tilida amalga oshirilishi talabi belgilangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, adliya organlari va muassasalarida davlat tilida ish yuritishda amaliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ushbu qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanmada davlat tilida ish yuritishda zarur bo‘ladigan muhim ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va foydali manbalarga havolalar jamlangan.